
JCH-2026 saralashi doirasidagi Eron - O‘zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Timur Kapadze va futbolchi Abbos Fayzullayev ishtirok etdi.
"Ertaga bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Eron qanday kuchga egaligini bilamiz, o‘zimizning kuchimizni ham bilamiz. O‘ylaymanki yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Inshaalloh ertangi bahsga hammamiz tayyormiz", - deb gap boshladi Timur Kapadze.
"Ikkita yaxshi saviyadagi terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yin kutib turibdi. Biz bu yerga g‘alaba uchun kelganmiz. Bor kuchimizni berib o‘ynaymiz", - dedi Abbos Fayzullayev.
- Bilamizki, ayni paytda uch nafar o‘zbekistonlik futbolchi Eron chempionatida o‘ynamoqda. Bu sizga Eron terma jamoasi haqida o‘ziga xos ma’lumotlar olishda qanchalik yordam beradi?
- Eron terma jamoasi va Eron ligasini yaxshi bilamiz. Oxirgi yillarda bir necha bor to‘qnash keldik. O‘zimiz ham ma’lumotlar to‘pladik, futbolchilardan ham ma’lumotlar oldik.
- Shomurodov Italiyada o‘ynamoqda, Husanov APLga o‘tdi. Abbosbek Fayzullayev ham kelajakda Yevropaning top chempionatlarida o‘ynashni rejalashtirmoqdami?
Abbos Fayzullayev: - Savol uchun katta rahmat. Lekin hozir bu savolga javob berishning vaqti emas deb o‘ylayman. Sababi ertaga bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi.
- Siz O‘zbekiston terma jamoasida ko‘p yillar o‘ynagansiz. Qaysi avlod kuchliroq bo‘lgan deb o‘ylaysiz? Hozirgi jamoa JCHga chiqish uchun yetarlicha salohiyatga egami?
- Menimcha solishtirish noto‘g‘ri. O‘sha paytda o‘sha avlod kuchli edi, hozirgi eng kuchli avlod terma jamoada o‘ynamoqda. Nasib qilsa maqsadimiz sari yaqinmiz!
- Masharipov diskvalifikatsiya tufayli o‘ynay olmaydi. Uning o‘rni qanchalik bilinadi? Oston O‘runov esa Qirg‘iziston bilan o‘ynamadi, u Eron bilan maydonga tusha oladimi?
- Ular terma jamoamizning muhim futbolchilari hisoblanadi. Bu futbol, diskvalifikatsiyalar uchrab turadi. Ostonda jarohat bor, tayyorlanmoqda. O‘yinga tayyor bo‘lsa tushadi. Qolgan futbolchilar sog‘-salomat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar