15:18 / 15.11.2016
5 211

Igor Sergeev Janubiy Koreyaga qarshi maydonda "haqiqiy jang"ga kechishiga va’da qildi

Igor Sergeev Janubiy Koreyaga qarshi maydonda "haqiqiy jang"ga kechishiga va’da qildi

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Janubiy Koreya – O‘zbekiston o‘yini oldidan Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiy sayti muxbirlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sereev bilan suhbatlashdi.

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi 5-turi doirasida “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston safarda guruhning uchinchi o‘rinini band qilib turgan Janubiy Koreya mehmoni bo‘ladi. Hujumchi Igor Sergeev “World Cup Stadium”da haqiqiy “jang” bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Bu jamoalar o‘rtasidagi 10 o‘yindan 7tasida koreyaliklar g‘alaba qozonib, yana uch uchrashuvda durang natija qayd etilganiga qaramay, 23 yoshli Igor Sereev hamda uning jamoadoshlari avvalgi turda Xitoyni mag‘lub etgan va so‘nggi 11 uchrashuvining 10tasida g‘alaba qozongan holda g‘oliblik kayfiyati bilan tashrif buyurgan.

“Bu o‘yinga tarif berishda bejizga “jang” so‘zini ishlatmayapman, bu o‘yin shu so‘zga munosib. Chunki natija uchun maydondagi har bir futbolchi kurashadi. Bizni haqiqiy to‘qnashuv kutib turibdi”, - deydi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashish chog‘ida “Beyjin Goan” safida ijara asosida o‘ynayotgan Sergeev.

“Bu shunchaki navbatdagi futbol uchrashuvi bo‘lmaydi: jismoniy va ruhiy kurash kechadi. Mana shu kurashda ustun kelganlar jang g‘olibiga aylanadi. Jangda eng muhimi – raqibning ojiz tomonini topish va undan foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, doimiy ravishda diqqatni bir joyda jamlash talab etiladi.

Bo‘lajak o‘yinda hamma aynan shunday qilishga urinadi. Men “jang” deganda faqatgina jamoaviy kurashni nazarda tutmayapman. O‘yin davomida boshqa, individual kurashlar ham muhim o‘rin tutadi: Hujumchilar va darvozabonlar, yarim himoyachilar, murabbiylar o‘rtasidagi o‘zaro to‘qnashuvlar...”

So‘nggi marta bu jamoalar Osiyo Kubogi chorak finalida o‘zaro to‘qnash kelishgandi. O‘shanda koreyaliklar Son Xeung Minning ajoyib o‘yini evaziga qo‘shimcha taymlarda 2:0 hisobida g‘alabaga erishgandi.

Sergeev va jamoadoshlari bu o‘yinni hali eslashadi va o‘sha natijani o‘nglashga urinishadi.

“Avstraliyadagi o‘yin bu o‘yinga yaxshiroq chog‘lanishimiz uchun qo‘shimcha sabab bo‘ladi. Men o‘sha o‘yinda maydonga tushmagandim. Uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib kuzatganman.

Maydon chetida o‘tirib, jamoang qiyin ahvolda ekanida yordam bera olmaslik – judayam qiyin va o‘ta g‘alati tuyg‘ular kechadigan holat. Murabbiylarda bu narsa har bir o‘yinda bo‘lsa kerak. Ular bunga qanday chiday olishlarini tasavvur ham qila olmayman. Xullas, o‘sha o‘yin sabab men ikki barobar motivasiya bilan o‘ynayman”.

“Har safar o‘sha o‘yinni ko‘rganimda “Agar men maydonda bo‘lganimda o‘yin qanday kechardi”, “Shu holatda men nima qilgan bo‘lardim”, deb o‘ylayman. Biz o‘shanda judayam ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lganmiz. Ammo vaziyatlarni gol bilan yakunlay olmagandik. Bu safar jamoamga yordam bera olishimdan xursandman”, - deya so‘zlariga yakun yasaygan Igor Sergeev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeev Janubiy Koreyaga qarshi maydonda "haqiqiy jang"ga kechishiga va’da qildi