01:15 / 27.03.2025
2 207

Iste’foga chiqarilgan Paulu Bentuning o‘rniga BAA terma jamoasini kim boshqaradi?

Iste’foga chiqarilgan Paulu Bentuning o‘rniga BAA terma jamoasini kim boshqaradi?
Bugun BAA futbol assotsiatsiyasi Paulu Bentuning iste’fosini e’lon qildi. BAAning turli manbalarining yozishicha, Bentuning iste’fosidan so‘ng terma jamoa murabbiyligiga asosiy nomzod ruminiyalik Kosmin Olariu bo‘lib turibdi.

55 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Saudiya Arabistoni terma jamoasi, "Al Hilol", "Al Ayn", "Shabab Al Ahli" jamoalarida faoliyat olib borgan. Ayni paytda "Sharja" jamoasi ustozi hisoblanadi.

Jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA terma jamoasi 8 o‘yindan so‘ng 13 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o‘z maydonida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazadi, so‘ngra Qirg‘iz Respublikasiga safar uyushtiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport