
28 martdan 7 aprelga qadar, Braziliya davlatining Fos-du-Iguasu shahri erkaklar o‘rtasida Jahon kubogi bahslariga mezbonlik qiladi. World Boxing tashkiloti shofeligida o‘tkazilayotgan turnirda terma jamoamiz ham to‘liq tarkibda qatnashadi. To‘lqin Qilichev boshchiligida bokschilarimiz ertaga tongda dengiz ortiga jo‘nab ketadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg. Madiyar Daniyarov
-65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-70 kg. Iqboljon Xoldorov
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-85 kg. Akmaljon Isroilov
-90 kg. To‘rabek Xabibullayev
+90 kg. Jahongir Zokirov
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Lazizbek Zokirov, Botirjon Mahmudov.
Jamoa rahbari: Shohid Tillaboyev
Shifokor: Komiljon Rasulov
Jamoa matbuot kotibi: Jaloliddin Yusupov
Ushbu turnirda Marif Urdushev va Bekjon Yusupovlar hakam sifatida faoliyat olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar