date 10:58 / 07.04.2025
views 1 418

Raneri: “Bu o‘yinda asosiy maqsad — mag‘lubiyatdan qochish edi”

Raneri: “Bu o‘yinda asosiy maqsad — mag‘lubiyatdan qochish edi”
Kecha bo‘lib o‘tgan bahsda “Roma” jiddiy raqibga qarshi maydonga tushdi va ko‘pchilik ushbu to‘qnashuvda jamoaning qanday harakat qilishi bilan qiziqdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men bolalardan mamnunman. Biz bunday o‘yin bo‘lishini oldindan kutgandik — buni matbuot anjumanida ham aytgan edim. Shu bois raqibning bosimi biz uchun kutilmagan holat emas edi,” — dedi tajribali mutaxassis.

Raneri raqib bosimiga qaramay jamoaning javob qaytarishga bo‘lgan intilishini alohida ta’kidlab o‘tdi:

“Bizning rejamiz har bir zarbaga zarba bilan javob berish edi. Afsuski, dastlabki 20 daqiqada bu ishni uddalay olmadik. Biroq keyingi 20 daqiqada yaxshi harakat qildik — Niko Gonsalesning bosh bilan yo‘llagan to‘pi to‘sindan qaytdi, Kristante esa gol urishga yaqin bo‘ldi.”

Biroq hujumlar gol bilan yakunlanmagani Ranerini alamlantirgani sezildi:

“Gol urish o‘rniga bo‘lim so‘ngida gol o‘tkazib yubordik — bu albatta juda alamli edi.”

Shu bilan birga, murabbiy ikkinchi bo‘limda jamoa qanday harakat qilganidan mamnun ekanini bildirdi:

“Baxtimizga ikkinchi bo‘lim avvalida hisobni tenglashtirdik. Keyin g‘alaba uchun harakat qildik, ammo asosiy maqsad — mag‘lub bo‘lmaslik edi. Shu jihatdan qaraganda, jamoa o‘ziga yuklatilgan vazifani bajardi.”

Matbuot anjumani yakunida Raneri futbolchilarining ruhiy tayyorgarligi va jangovar kayfiyatini alohida ta’kidladi:

“Bugungi o‘yindagi futbolchilarimning harakatlaridan to‘liq mamnunman. Ular oxirgi daqiqalargacha kurashishdi. Bu men uchun juda muhim.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport