date 21:39 / 07.04.2025
views 245

Gvardioladan nuktali tahlil: «Nunesh markazda emas, qanotda porlaydi!»

Gvardioladan nuktali tahlil: «Nunesh markazda emas, qanotda porlaydi!»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibidagi eng tortishuvli futbolchilardan biri — Mateus Nunesh haqida ochiq fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi chap qanot himoyachisi sifatida jamoaga ancha foyda keltirishi mumkin.

«Nunesh jismoniy jihatdan kuchli. Shu sabab u yaxshi qanot himoyachisiga aylana oladi. Lekin markaziy yarim himoyachi sifatida u yetarlicha tartibli yoki aqlli emas», — deydi Gvardiola.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Nuneshda ajoyib ko‘nikmalar bor va u pozitsiyaviy jihatdan hali ko‘p narsani o‘rganmoqda. Qanot himoyachilari uchun eng katta muammo — uzoq ustunga uzatilgan paslarni to‘g‘ri baholash ekanligini ta’kidlagan Gvardiola, bu borada Nuneshda katta salohiyat borligini ta’kidladi:

«Unda jismoniy imkoniyatlar yetarli. Qolganini vaqt o‘rgatadi», — deya fikr qo‘shdi ustoz.

«Manchester derbisi» — golsiz dramaning sababchisi kim?

Eslatib o‘tamiz, «Siti» so‘nggi turda «Old Trafford»da «Manchester Yunayted»ga qarshi juda qattiq o‘yinda maydonga tushdi. G‘olib aniqlanmadi — 0:0.

Bu uchrashuvda Nunesh qanotda harakat qildi va uning o‘yini Gvardiolaning tanlovini yana bir bor to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi.

Gvardiola har bir futbolchining tabiiy iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirishga ustalik bilan yondashadi. Nuneshning qanotdagi o‘yini uning navbatdagi «transformatsiyasi» bo‘lsa ajab emas! Muxlislar esa endi uning yangi rolidagi harakatlarini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport