
UEFA Konferensiyalar ligasi chorak finalining birinchi o‘yini Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Legia jamoasi o‘z stadionida Angliyaning Chelsi klubini qabul qildi. Bahs “Miejski” stadionida kechdi va unda mehmonlar ishonchli g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 49-daqiqasida Tayrik Jorj hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Noni Madueke hisobni 2:0 ga yetkazdi va 74-daqiqada yakuniy natijani o‘rnatdi. Chelsi umumiy o‘yinda 24 marta zarba bergan bo‘lsa, Legia atigi 1 marta darvozaga to‘g‘ri zarba bera oldi. To‘pga egalik qilishda esa 73% bilan mehmonlar ustunlik qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar