
Italiya A Seriyasi 32-turidan o‘rin olgan “Udineze” – “Milan” uchrashuvida mehmonlar yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi — 0:4.
Hisob 42-daqiqada Rafael Leau tomonidan ochildi. 45-daqiqada Straxinya Pavlovich hisobni 0:2 ga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Theo Ernandes 74-daqiqada gol urdi, Tijjani Reinders esa 81-daqiqada to‘rtinchi golni kiritdi.
O‘yin statistikasi:
• Zarba: Udineze – 14, Milan – 15
• To‘p nazorati: Udineze – 54%, Milan – 46%
• Pas aniqligi: Udineze – 88%, Milan – 84%
• Burchak zarbalari: Milan – 7, Udineze – 5
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Milan” 51 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda, “Udineze” esa 40 ochko bilan 11-pog‘onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!