Boks. Shahram G‘iyosov raqibini muddatdan avval mag‘lub etdi

Boks. Shahram G‘iyosov raqibini muddatdan avval mag‘lub etdi
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga chiqdi.

Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, 4-raunddayoq yakunlandi.

4-raundda Shahram G‘iyosovning ketma-ket zarbalari ta’sirida referi hisobni ochdi. Bu vaqtda raqib o‘ziga kela olmadi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Shunday qilib, G‘iyosov professional boksdagi 17-jangida 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Endi Shahram G‘iyosov Ennis - Staniosis to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi WBA va IBF kamari uchun jang o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Shahram bu jangini marhuma qizi uchun bag‘ishlashini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar