23:33 / 19.11.2016
5 966

Joze Mourino: «Manchester Yunayted» hozirgi vaqtda APLning eng omadsiz jamoasi

Joze Mourino: «Manchester Yunayted» hozirgi vaqtda APLning eng omadsiz jamoasi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati 12-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu biz uchun navbatdagi mag‘lubiyat. Agar sen «Arsenal» kabi kuchli jamoaga qarshi durang o‘ynar ekansan, bu yomon natija bo‘lmaydi. Ammo, De Xea butun o‘yin davomida dam olsa, Chex esa 2-3 marta seyv ijro etib jamoasini qutqarib qolsa, butunlay o‘yinni nazorat qilib tursang va oxirida gol o‘tazib yuborsang, o‘zingni mag‘lubiyatga uchragandek his etasan.

Albatta, bugun ikki ochko yo‘qotdik. Raqibni g‘alaba qozonishga imkoni yo‘q edi. «Arsenal» o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi, biz himoyada ajoyib o‘ynadik, shuningdek pressingda ham. To‘p bizda bo‘lganida, o‘zimizni qulay his qildik.

Biz chiroyli gol urdik, g‘alaba qozonish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo o‘yindagi birgina vaziyatda biz raqibni to‘xtatib qola olmadik. Ularga omad kulib boqdi, bizga esa – yo‘q. Jamoa juda yaxshi o‘ynadi. «MYu» hozirgi vaqtda APLning eng omadsiz jamoasi bo‘lib turibdi, bu haqiqat.

Men shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim. Hamda muhlislarga ham raxmat aytaman. Men ularga qoyil qoldim. Ular hammasini tushunishdi va ikki ochko yo‘qotgan jamoani olqishlashdi», — deydi Mourino.

Manba: www.sports.ru

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: «Manchester Yunayted» hozirgi vaqtda APLning eng omadsiz jamoasi