
“Manchester Siti” skautlari klub rahbariyatiga PSJ yoshlar jamoasidagi hujumchi Mamadu Sangareni olishni tavsiya qilmoqda, deb rmcsport.bfmtv.com xabar berdi.
18 yoshli futbolchi joriy mavsum 11 o‘yinda 10 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 30 iyunda tugaydi va “Siti” uni bepul tarzda transfer qilishi mumkin.
Rejaga ko‘ra, Sangare “Siti” bilan shartnoma imzolagandan so‘ng, City Football Group tarkibidagi fransuz klubi “Trua”ga ijaraga beriladi. Bu tajriba orqali u katta futbolga tayyorlanishi kutilmoqda.
Yosh, tezkor va hujumkor futbolchiga Angliya grandining qiziqishi bejiz emas. Endi savol:
Sangare haqiqatan ham “Siti” uchun kelajak yulduzimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar