
O‘zbekiston futboli afsonalaridan biri, hozirda “Paxtakor” klubi prezidenti maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Maksim Shatskix Sports24'ga bergan intervyusida Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi va milliy terma jamoa imkoniyatlarini baholadi.
“Husanov – asosiy tarkib o‘yinchisi. Bu normal rotatsiya”
“Oxirgi o‘yinlarda maydonga tushmayotgani hech narsa anglatmaydi. Husanov 'Siti'ning kelajagi! U albatta o‘ynaydi. Uning yoshi hali 21 da, shunday darajadagi jamoa uchun o‘ynagani o‘ziyoq yutuq. U Yevropada superklublar darajasida o‘ynash uchun barcha xislatlarga ega.”
Shatskix Husanovni “ruhan bardoshli”, “jismonan kuchli” va “intellektli futbolchi” deb ta’rifladi.
“Puyol? Pike? Yo‘q, Husanov – o‘z yo‘lidagi futbolchi”
“Uni Puyol yoki Pike bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Abduqodir jim, madaniyatli va o‘z ishini gapsiz bajaradi. Balki Pepe bilan o‘xshash jihatlari bordir. Lekin uni solishtirmaylik – u o‘z yo‘lini qilayotgan futbolchi. O‘zimizcha aytganda: 'Husanov – shunchaki Husanov!'”
Jahon chempionati: “Faqat bitta og‘ir qadam qoldi”
“Saralashdagi vaziyat yaxshi. Jahon chempionatiga chiqish uchun faqat bitta qadam qoldi, ammo u juda og‘ir bo‘ladi. Bizda BAA bilan safarda, Qatar bilan uyda o‘yin qolgan. Amirliklarda durang ham yetarli. Ammo birinchi o‘yinda masalani hal qilish kerak.”
Shatskixning fikricha, himoyaga emas, hujumga urg‘u berish kerak. Chunki:
“Tezkor hujum – O‘zbekistonning eng kuchli quroli. Himoyada turib o‘ynash emas, xavfli o‘tishlar bilan raqibni 'bosish' zarur.”
Terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionati uchun oxirgi ikki o‘yinni iyun oyida o‘tkazadi:
- 5 iyun — BAAda mehmon sifatida.
- 10 iyun — Toshkentda Qatarga qarshi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: Abduqodir Husanov haqiqatan ham "Siti"ning kelajagimi? O‘zbekiston termasi tarix yoza oladimi?
Maksim Shatskix Abduqodir Husanov Manchester Siti O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati Saralash Futbol Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar