date
views 0

Anvar Berdiyev: "O‘yin bitta golgacha bo‘ldi, uni esa "Mash’al" urdi"

Anvar Berdiyev: "O‘yin bitta golgacha bo‘ldi, uni esa "Mash’al" urdi"
Superliga 6-tur doirasidagi "Sho‘rtan" — "Mash’al" (0:1) o‘yinidan so‘ng g‘uzorliklar bosh murabbiyi Anvar Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
— O‘yin bitta golgacha bo‘ldi va jamoalar bir-biriga teng raqiblar edi. "Mash’al" o‘zining bitta vaziyatidan foydalanib ketdi. Biz esa foydalana olmadik. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Bitta o‘yinda to‘rtta sariq kartochka va qizil kartochka... Jamoada intizom bo‘yicha kamchiliklar bormi?
— Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Hujumchi qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda bunday o‘ynamasligi kerak edi. Hujumchida raqib darvozasiga zarba berish ishtiyoqi yuqori va bo‘ladi va o‘yinchimiz bu vaziyatda o‘zini tuta olmay qoldi deb o‘ylayman.

— Adashmasam, Sirojiddin Qo‘ziyev jamoa bilan shartnoma imzolagan, ammo u maydonda ko‘rinmayapti.
— Esingizda bo‘lsa, Sirojiddin Qo‘ziyev "Navbahor"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, bahs oxiriga yetkazib qo‘yolmagandi. Bundan tashqari, eng yaxshi o‘yinchilarimizdan biri Shaxzodjon Ne’matjonov ham ancha paytdan beri jamoamizga yordam berolmayapti. Albatta, ularning o‘rni bilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anvar Berdiyev: "O‘yin bitta golgacha bo‘ldi, uni esa "Mash’al" urdi"