
«Real» Madrid jamoasi kelgusi mavsumda yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritish va sovrinlar uchun jiddiy kurash olib borish maqsadida tarkibda katta o‘zgarishlar qilishga qaror qildi.
Xabarlarga ko‘ra, madridliklar rahbariyati jamoani kuchaytirish maqsadida «Liverpul»ning eng asosiy futbolchilaridan biri Aleksis MakAllisterni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbarlari ushbu transferni amalga oshirish uchun o‘z tarkibidagi yosh va iqtidorli futbolchi Arda Gyulerni ham bitimga qo‘shib berishga tayyor turibdi. Sababi, ingliz klubi ham aynan Gyulerni o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan edi.
20 yoshli turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler joriy mavsum Karlo Anchelotti qo‘l ostida deyarli maydonga tushmayotganidan va o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘lib, kelayotgan yozda o‘z jamoasini almashtirishni maqsad qilgan.
Ayni vaqtda 26 yoshli argentinalik Aleksis MakAllister transfer bozorida 90 million yevro atrofida baholanmoqda. Arda Gyulerning bozordagi narxi esa 45 million yevroni tashkil etadi. Shu bois, «Real» ushbu transferni amalga oshirish uchun o‘z futbolchisini qo‘shimcha mablag‘ sifatida taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ekspertlarning fikricha, bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, madridliklar yarim himoya chizig‘ida yuqori saviyali va ishonchli o‘yinchiga ega bo‘ladi. Bu esa jamoaga yanada kuch bag‘ishlab, Yevropaning nufuzli turnirlarida yuqori natijalarga erishish imkonini kengaytiradi.
Ayni paytda bu transfer bitimining qanday yakunlanishi, «Real»ning taklifiga «Liverpul»ning munosabati hamda yosh futbolchi Arda Gyulerning yakuniy qarori ham ko‘pchilikning qiziqishini uyg‘otmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar