«Atletiko» «Real»ga qattiq zarba berdi: «Ispan futboli obro‘sini tushirishni to‘xtating!»

1 daqiqa o'qish2.5K
«Atletiko» «Real»ga qattiq zarba berdi: «Ispan futboli obro‘sini tushirishni to‘xtating!»
Madridning «Atletiko» klubi shahardagi ashaddiy raqibi «Real Madrid»ning kecha Ispaniya Kubogi finali oldidan kelib chiqqan hakamlik mojarosiga nisbatan keskin munosabat bildirdi. «Matraschilar» o‘z rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida «qirollik klubi»ning ushbu xatti-harakatlarini juda qattiq tanqid qilib chiqishdi.

«Bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holatdir! Ispan futboli imijini buzishni bas qiling», — deb yozadi «Atletiko» klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkauntida.

Eslatib o‘tamiz, kecha Ispaniya Kubogi finali oldidan «Real Madrid» rahbariyati, «Barselona» bilan bo‘ladigan uchrashuv uchun tayinlangan hakamlardan keskin noroziligini bildirib chiqqan edi. Madridliklar hakamlar brigadasini o‘zgartirish talabi bilan Ispaniya futbol federatsiyasiga (RFEF) murojaat qilgan va hatto finalda ishtirok etmasligi ham mumkinligini ma’lum qilgandi.

«Real» hakamlar finalda betaraflikni saqlay olmasligini va jamoaga nisbatan ochiqdan-ochiq dushmanlik munosabatida bo‘lganini ta’kidlab, katta mojaroga sabab bo‘lgan edi. Ayniqsa, hakam Rikardo de Burgos Bengoechea va VAR hakami Pablo Gonsales Fuertesning matbuot anjumanida bildirgan so‘zlari vaziyatni yanada keskinlashtirgandi.

Bu mojaro Ispaniya futbolidagi vaziyatni keskinlashtirib, ko‘plab klublar va ommaviy axborot vositalarining diqqat markaziga tushdi. Shuningdek, «Real» va RFEF o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Ispaniya Kubogi finali 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi ushbu bahs butun dunyo futbol muxlislarining diqqat markazida bo‘lishi kutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?