date
views 2 564

Muhammad Saloh “dahshatli” rekord o‘rnatdi

Muhammad Saloh “dahshatli” rekord o‘rnatdi
"Liverpul" milliy chempionatning 34-turida "Tottenxem"ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi va shu orqali muddatidan avval Angliya Premer-ligasida chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv "Liverpul" uchun yomon boshlandi va 12-daqiqada "Tottenxem" safida Solanke gol kiritib, hisobni ochdi. Biroq "qizillar" javob zarbasini uzoq kuttirmadi. Dias, Mak Allister va Gakpo birinchi bo‘limda ketma-ket gollar urib, jamoasiga ustunlik berdi. Ikkinchi taymda Muhammad Salohning goli va Udodjining avtogoli natijasida hisob katta farq bilan yakunlandi.

Muhammad Saloh o‘z goli orqali Premer-ligada 185 ta gol bilan eng ko‘p to‘p kiritgan legionerga aylandi. Ilgari bu rekord "Manchester Siti" yulduzi Serxio Agueroga tegishli edi.

Ayni paytda, Salohdan yuqorida faqat to‘rt ingliz hujumchi qolgan: Endi Koul (187 gol), Ueyn Runi (208 gol), Harri Keyn (213 gol) va Alan Shirer (260 gol). 32 yoshli hujumchi chempionatning qolgan o‘yinlarida va keyingi mavsumlarda bu ko‘rsatkichlarni oshirishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhammad Saloh “dahshatli” rekord o‘rnatdi