date
views 43

Luis Enrike Londondagi g‘alaba haqida fikr bildirdi

Luis Enrike Londondagi g‘alaba haqida fikr bildirdi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida «Arsenal» ustidan Londonda qozonilgan muhim g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bunday muhim o‘yinlarda his-hayajon yuqori bo‘ladi, shuning uchun ham uchrashuvni batafsil tahlil qilish biroz murakkab. Lekin bugun maydondagi muhit ajoyib edi va biz o‘zimizning qanday jamoa ekanimizni hammaga ko‘rsata oldik», – dedi ispaniyalik mutaxassis.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, PSJ o‘z uslubiga sodiq qolib, maydonga birinchi daqiqalardanoq g‘alaba uchun tushgan:

«Biz o‘z uslubimizni namoyish etishga harakat qildik. O‘yinning boshida tezkor gol urishga erishdik va bu bizga qo‘shimcha kuch hamda ishonch bag‘ishladi. To‘g‘ri, ba’zi paytlarda raqib bizdan yaxshiroq harakat qildi, ammo shunda ham bizda ikkinchi golni kiritish uchun imkoniyatlar bor edi», – dedi Enrike.

Shu tariqa, Luis Enrike Parijda o‘tadigan javob bahsidan oldin jamoasi muhim ustunlikka ega bo‘lganini ta’kidladi. Ammo u shogirdlari hali ham ishni oxiriga yetkazishi kerakligini unutmasligi lozimligini aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Londondagi g‘alaba haqida fikr bildirdi