date
views 575

Asadbek Rahimjonov: «Hakamlar yo‘q joydan penalti qo‘yib berishdi»

Asadbek Rahimjonov: «Hakamlar yo‘q joydan penalti qo‘yib berishdi»
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» va «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyingi vaziyat yuzasidan «qaldirg‘ochlar»ning 21 yoshli yarim himoyachisi Asadbek Rahimjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Har qanday uchrashuvga bo‘lgani kabi bugun ham faqat g‘alaba qozonish maqsadi bilan maydonga tushgandik. Biroq bugun taqdir bizga yor bo‘lmadi. Nasib qilmagan ekan.

Menimcha, bugungi mag‘lubiyatimiz ehtiyotkor o‘ynaganimiz tufayli yuz berdi, deb hisoblamayman. O‘yinni o‘zingiz ham ko‘rdingiz: hakamlar yo‘q joydan penalti belgilab, raqibga imkoniyat yaratib berishdi. Albatta, o‘zimiz ham ayrim vaziyatlarda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Mag‘lubiyat jamoamizning ruhiyatiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Bizda ruhiy tayyorgarlik mustahkam, ko‘tarinki kayfiyatda qolamiz. Futbolda bu kabi vaziyatlar tez-tez yuz berib turadi. Bugun g‘alaba qozongan jamoa ertaga mag‘lubiyatga uchrashi mumkin. Bunday natijalar bizga salbiy ta’sir emas, balki muhim dars bo‘ladi», – dedi Asadbek Rahimjonov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asadbek Rahimjonov: «Hakamlar yo‘q joydan penalti qo‘yib berishdi»