
«Real Madrid» Uilyam Salibani o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida muhim futbolchisidan voz kechishi mumkin.
Relevo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Arsenal» Salibani «Real»ga transfer qilish uchun bitta asosiy talab qo‘ymoqda. London klubi madridliklardan nafaqat pul, balki yarim himoyachi Orelen Tchuamenini ham kelishuvga qo‘shishni talab qilmoqda.
Biroq, katta ehtimol bilan «qirollik klubi» ushbu shartga rozi bo‘lmasligi aytilmoqda. «Real Madrid» rahbariyati Salibaning shartnomasi yakunlanishiga yaqin vaqt qolganda uni arzonroq narxda olib kelish niyatida. Buning uchun Uilyam «to‘pchilar» bilan yangi shartnoma imzolamasligi lozim.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Uning transfer narxi esa, taxminan 80 million yevro atrofida baholanmoqda.
Real MadridUilyam SalibaArsenal TransferFutbol XabarlariTchuameni TalabShartnoma Imzolash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar