
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Paxtakor” (2:1) uchrashuvidan so‘ng “sherlar” ustozi Pedru Moreyra o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Murabbiyning ta’kidlashicha, O‘zbekiston chempionati har kuni kurash talab qiladigan turnirga aylangan.
“O‘zbekiston chempionatida har bir jamoa o‘z so‘zini aytmoqda. Bugun ham bunga yaqqol misol bo‘ldi. “Surxon” jamoasi kuchli harakat qildi va bizni jiddiy qiyinchilikka duchor etdi.
Ikkala jamoa ham faol harakat qildi, ammo birinchi bo‘limdaoq biz bir kishi kam bo‘lib qoldik — bu albatta, o‘yinga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.”
“O‘yin boshidanoq qiyin kechdi, lekin xarakter ko‘rsatdik”
Portugaliyalik mutaxassis o‘yindagi noodatiy ssenariy haqida ham to‘xtalib o‘tdi:
“O‘yin boshidaoq noxush vaziyatga tushib qoldik. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynash har doim ham oson emas. Shunday bo‘lsa-da, yigitlar ruhan yengilmadi.
Men ularga har doim aytaman — klub uchun boringizni bering, maydonda oxirigacha harakat qiling. Bugun ham shunday bo‘ldi.
Albatta, g‘alaba uchun harakat qildik. Lekin bugungi holatda bu ish ancha murakkab vazifa edi.”
“Yigitlar so‘nggi daqiqalargacha kurashdi”
Moreyra jamoasining so‘nggi pallagacha yurakdan harakat qilganini alohida e’tirof etdi:
“O‘yinchilarim oxirgi daqiqalargacha taslim bo‘lishmadi. Bu – men uchun juda muhim. Ularning xarakter ko‘rsatishi, mag‘lubiyatga qaramasdan, o‘yinga munosib yondoshuvi men uchun yutuq.
Albatta, natija ham muhim, lekin shunday sharoitdagi kurashchanlik futbolchilarning ichki ruhiyatidan darak beradi.”
“Paxtakor” jamoasi termizda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Pedru Moreyra uchun bu o‘yin futbolchilarning irodasi va sadoqatini ko‘rsatib berdi. Endi “sherlar” navbatdagi bahslarda xatolar ustida ishlab, natijalarni yaxshilashga bel bolishadi.
Siz nima deb o‘ylaysiz — “Paxtakor” ushbu mag‘lubiyatdan keyin qayta kuch yig‘ib, chempionlik kurashida o‘z so‘zini ayta oladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar