date
views 70

Kamoliddin Tojiyev: “Ruhiy chuqurlikdan chiqishni boshladik, lekin himoyada muammolar bor”

Kamoliddin Tojiyev: “Ruhiy chuqurlikdan chiqishni boshladik, lekin himoyada muammolar bor”
O‘zbekiston kubogining uchinchi bosqichida "Nasaf"ni yirik hisobda (3:2) mag‘lub etgan “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoa holati, tarkibdagi yo‘qotishlar va kelgusi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yo‘qotishlar va jarohatlar – murabbiyning izohi

Tojiyev “Paxtakor”dagi ayrim yetakchi futbolchilarning o‘yinlarda ko‘rinmasligini jarohatlar bilan izohladi:

“Flamarion va Islombek Abdullayevda jarohat bor edi. Shuningdek, Holmatov va Hamdamov ham jarohat sabab o‘yindan chetda qoldi. Jonatan Lukka esa tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Olti oyga safdan chiqdi.”

Terma darajasidagi jamoa, lekin ruhiy bosim yuqori

Murabbiy “Paxtakor” safidagi futbolchilarning salohiyati yuqori ekanini ta’kidlar ekan, ularning ruhiy holatiga alohida e’tibor qaratish kerakligini qayd etdi:

“Yigitlarning deyarli hammasi terma jamoa darajasidagi futbolchilar. Ammo ular so‘nggi vaqtlarda ruhiy tushkunlikka tushib qolishgan. Buni to‘g‘rilash — mening eng muhim vazifam. Ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz.”

Himoyadagi muammolar va o‘yin amaliyoti

Kamoliddin Tojiyev jamoaning hujumda samarali harakat qilayotganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, himoyadagi xatolarga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligini bildirdi:

“Gol uryapmiz, bu yaxshi. Ammo o‘tkazayotgan gollar soni ortib boryapti. Bu juda xavotirli. Himoya chizig‘ida ko‘plab xato va ishonchsizlik mavjud.”

Shuningdek, Hamdamovning o‘yin amaliyotiga oid savolga javoban shunday dedi:

“Uning o‘yin amaliyoti yetarli emas edi. Shu bois o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushirdik. Jarohat aynan o‘sha o‘yinda yuz berdi.”

Kubokmi yoki Superliga — qaysi biri muhim?

Murabbiy jamoaning barcha frontlarda oliy maqsadlarga intilishini ta’kidladi:

“Paxtakor”da ikkinchi darajali front yo‘q. Kubok ham, Superliga ham biz uchun juda muhim. Qaysi musobaqada ishtirok etmaylik, faqat chempionlik uchun kurashamiz.”

Zamin.uz tahririyati Kamoliddin Tojiyevga jamoani barqaror ritmga qaytarish, futbolchilarning jarohatlaridan tezda forig‘ bo‘lishi va “Paxtakor”ning yangi g‘alabalarida omad tilaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kamoliddin Tojiyev: “Ruhiy chuqurlikdan chiqishni boshladik, lekin himoyada muammolar bor”