
Moskvada Rossiya Kubogi “RPL yo‘li” final javob o‘yini keskin va shiddatli tarzda o‘tdi. SSKA o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Zenit”ga qarshi maydonga tushdi va haqiqiy revansh spektaklini namoyish etdi.
Birinchi o‘yindagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng bugungi bahs SSKA uchun imkoniyatlar jangi bo‘ldi. Mezbonlar ikkinchi o‘yinda aynan shunday hisob bilan g‘alaba qozondi va ishni penaltilar seriyasigacha olib chiqdi. Qator burilishlarga boy bo‘lgan penaltilar seriyasida armiyachilar 4:3 hisobida zafar quchdi va Rossiya kubogi finaliga yo‘l oldi.
Uchrashuvning 62-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev Miralem Pyanich o‘rniga maydonga tushirildi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘lgan yosh futbolchining harakatlari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Rossiya Kubogi supefinali 1 iyun kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi. SSKAning raqibi “Spartak” yoki “Rostov” bo‘ladi. Finalgacha faqat bir qadam qoldi.
Futbol muxlislari bu final o‘yinida kimni ko‘rishni istardi?
Rossiya KubogiSSKA ZenitMoskvada UchrashuvPenaltilar SeriyasiFutbol MuxlislariFinal O‘yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar