
Yaponiyaning mutlaq jahon chempioni, hozirgi kunda boks olamidagi eng qudratli va mahoratli jangchilardan biri sanalgan Naoya Inoue kelajakdagi rejalari va faoliyatining yakuni haqida o‘z munosabatini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boksdagi mashhur va tinimsiz karyerasi endi sanoqli yillar davom etadi.
“The Ring” nashriga bergan intervyusida Inoue shunday dedi:
“Menimcha, faoliyatimni bu yilni ham qo‘shib hisoblaganda, uch yildan so‘ng yakunlayman. Jismoniy holatim hozircha yaxshi, pasayishni sezmayapman, lekin bu holat abadiy davom etmaydi. Bir kun bu soha bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, hozirdanoq mashg‘ulotlar va janglarimni shunga qarab rejalashtirishim kerak. Axir men ham oddiy insonman.”
Naoya Inoue o‘zining har bir chiqishi bilan millionlab muxlislarning e’tiborini tortmoqda. Uning o‘zini bunday holatda real baholashi va faoliyatini tayyorgarlik bilan yakunlash istagi uning professional va inson sifatida yuksak darajada ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, Naoya Inoue joriy yilning 14 sentyabr kuni o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang nafaqat Inouening kelajakdagi rejalariga ta’sir qilishi mumkin, balki Murodjon uchun ham katta sinov va imkoniyat bo‘ladi.
Zamin.uz tahririyati ushbu yirik jang atrofidagi barcha yangiliklarni yoritishda davom etadi. Siz Inoue va Ahmadaliyev jangidan nimalar kutyapsiz?
YaponiyaNaoya InoueBoks ChempioniJang RejalariSport FaoliyatiMurodjon AhmadaliyevO‘zbekiston BokschilariProfessional SportJismoniy Holat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar