
“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri kechagi bahsdan so‘ng matbuotga o‘z fikr va tuyg‘ularini bildirib o‘tdi. Tajribali mutaxassisning so‘zlari jamoa bilan kechgan qisqa, ammo ta’sirli davrning xulosasi bo‘ldi.
— Men jamoaga kelganimda, “Roma” holati og‘ir edi. Futbolchilarning kayfiyati past, maydonda o‘zlariga bo‘lgan ishonch yetarli emas edi. Men ularga ishonch berishga, ichki birlikni tiklashga harakat qildim, — dedi Raneri.
Mutaxassis o‘z bayonotida muxlislar bilan bo‘lgan munosabatga ham alohida e’tibor qaratdi:
— Men o‘zimni omadli deb hisoblayman. Chunki “Roma” muxlislari menga ishonadi. Ular men haqiqatni aytaman, hech kimni aldamasligimni bilishadi. Ularga bor qo‘lim bilan xizmat qildim.
YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan “Roma” bu mavsumni katta urinish va so‘nggi turgacha kurash bilan yakunladi. Bu haqda Raneri shunday fikr bildirdi:
— Men doim shogirdlarimga bir narsani aytaman: oxirgi daqiqalargacha kurashish kerak. Biz Chempionlar Ligasi uchun so‘nggi imkoniyatgacha kurashdik. Afsuski, kamina omad yetishmadi.
So‘z oxirida murabbiy klubning keyingi qadamlari haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi:
— Yangi murabbiy masalasi yaqin orada hal bo‘ladi. Prezident bu borada qaror qabul qiladi va rasman e’lon qiladi.
Klaudio Ranerining jamoaga kelishi “Roma” uchun kurash va qayta ruhlanish davri bo‘ldi. Uning samimiy munosabati, muxlislarga bo‘lgan ochiqligi va futbolchilarga qaytarilgan ishonchi muxlislar qalbida iliq iz qoldirdi. Endi esa jamoani navbatdagi bosqich — yangi murabbiy bilan yangicha sahifa kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar