
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchilaridan biri, “Istiqlol” jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov Eron Pro ligasining 2024/25 yilgi mavsumida to‘p tepgan eng yaxshi xorijlik futbolchilar ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Bu haqda Eronning nufuzli “Football360” portali xabar tarqatdi.
31 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda jami 24 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli pas muallifi bo‘lgan. Uning ustun jihatlari sifatida texnik mahorati, jamoaviy o‘yinga qo‘shayotgan hissasi va doimiy faolligi alohida ta’kidlangan.
“Football360” portali tuzgan ushbu ramziy jamoada Sardor Risoun, Egoru Stusk, Dyumango Durujich kabi mashhur futbolchilar ham o‘rin olgan. Masharipovning bunday muvaffaqiyati nafaqat shaxsiy, balki o‘zbekistonlik futbolchilarning xalqaro maydondagi nufuzi ortganidan dalolat beradi.

Jaloliddin Masharipovning ramziy termaga kiritilishi – uning mehnatining e’tirofidir. Uning keyingi mavsumda ham shunday barqaror va samarali o‘yin namoyon etishi kutilmoqda. Muxlislar esa o‘z sevimli futbolchisining yangi marralarni zabt etishini intiqlik bilan kuzatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar