
“Inter” klubining bosh murabbiyi Simone Inzagi shogirdi Lautaro Martinesning so‘nggi yillardagi mehnati va professional rivojini yuksak baholab, uni “Oltin to‘p” mukofotiga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Murabbiyning fikricha, argentinalik hujumchi nafaqat gollari, balki jamoaga bo‘lgan sadoqati va ruhiy yetakchiligi bilan ham dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylangan.
— Menimcha, Lautaro Martines “Oltin to‘p” uchun munosib nomzod. U bu mukofotga erishish yo‘lida so‘nggi yillarda barcha jihatdan ishlagan va natija bergan futbolchilardan. Shanba kuni “Inter” qanday natija qayd etmasin, u aqlbovar qilmas darajadagi futbolchi va inson sifatida qoladi, — dedi Simone Inzagi jurnalistlar bilan suhbatda.
Ma’lumki, 1 iyun kuni “Inter” Yevroarenadagi eng muhim bahs — Yevropa Chempionlar ligasi finalida Parij grandi PSJga qarshi maydonga tushadi. Bu o‘yin Lautaro uchun nafaqat titul, balki shaxsiy yutuqlarini mustahkamlash imkoniyati sifatida qaralayotir.
Lautaro Martines 2018 yildan buyon “Inter” safida o‘ynab kelmoqda. Bu muddat davomida u klub uchun 150 ta gol urib, klub tarixidagi eng samarali hujumchilar qatoriga kirdi. Uning gollari “Inter”ni so‘nggi yillarda ko‘plab sovrinlarga yetakladi, jumladan, A Seriya chempionligi, Italiya Kubogi va Superkuboklardagi muvaffaqiyatlarda uning hissasi beqiyos bo‘lgan.
Inzagining bu bayonoti Lautaroning nafaqat klub, balki jahon futboli darajasidagi o‘rnini yanada mustahkamlamoqda. Agar finalda ham u o‘zini ko‘rsata olsa, “Oltin to‘p” yo‘lidagi asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lib qolishi mumkin. Tarixda “Inter” safidan chiqib, dunyo miqyosida e’tirof etilgan futbolchilar kam emas — Lautaro ham ular qatoriga kirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar