
Braziliyalik yulduz Neymar yana “Santos” klubiga qaytgani bilan futbol olamida katta e’tibor qozondi. Uning bu qarori ortidagi sabablarni futbolchining otasi ommaga tushuntirdi.
“Neymar bilan bu qarorni qabul qilishда asosiy maqsad — ‘Santos’ bilan birdamligimizni namoyish etish edi. Klub homiylar va muxlislar e’tiborini yana o‘ziga jalb etishi uchun katta yulduz kerak edi — biz aynan shu rolda qaytdik”, — деди футболчи отаси.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Santos” ayni paytda qayta qurish jarayonini boshdan kechirmoqda va Neymar bu yo‘lda ularga yelkadosh bo‘lishni istagan.
“Bu jarayon darhol natija bermaydi. Futbolda muvaffaqiyatga erishish uchun vaqt va sabr kerak”, — деб қўшимча қилди у.
Demak, Neymarning vatanga qaytishi nafaqat nostalgiya, balki klubning yangi davrini boshlab berishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar