
Yevropa futbolidagi muhim voqealardan biri sifatida qayd etilgan PSJning ilk Chempionlar Ligasi g‘alabasiga jahon yulduzi Neymar ham o‘z munosabatini bildirdi. Parij klubi shanba kuni bo‘lib o‘tgan finalda "Inter"ni kutilmagan tarzda — 5:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ilk YECHL sovrinini qo‘lga kiritdi.
Sobiq PSJ yulduzi bo‘lgan Neymar ushbu sevinchli lahzani chetda kuzatib turmadi. U ijtimoiy tarmoqda PSJ futbolchilari sovrinni ko‘targan paytdagi suratni joylashtirdi va postga qisqa, ammo samimiy so‘zlar yozdi: "Tabriklayman."
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yilda "Barselona"dan PSJga rekord 222 million yevro evaziga o‘tib, jahon transfer tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan edi. Olti yil davomida parijliklar safida o‘ynagan Neymar 2023 yilda 90 million yevro miqdoridagi transfer orqali Saudiyaning “Al-Hilol” klubiga yo‘l olgan. U yerda qisqa faoliyatdan so‘ng, 2024 yil boshida erkin agent sifatida o‘z yurtining “Santos” klubiga qaytdi.
Braziliyalik hujumchining PSJga bo‘lgan samimiy munosabati, shuningdek, uning ushbu klub tarixidagi o‘rni futbol jamoatchiligi tomonidan alohida e’tirof etilmoqda. Neymar PSJ safidagi faoliyati davomida bir qator chempionlik va kuboklar bilan birga, muxlislar qalbidan ham munosib joy egallagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar