date
views 4 508

Kosmin Olariu ertangi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?

Kosmin Olariu ertangi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston bahsidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida mezbonlar ustozi Kosmin Olariu hamda darvozabon Holid Eysa ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kech. Shu yerda bo‘lishim menga sharaf. Ishonamanki, mehnatim orqali ushbu jamoaga katta yutuqqa erishishga yordam bera olaman. Bu oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz barchasiga tayyormiz. Ertaga juda qiyin o‘yin bo‘ladi. O‘zbekiston guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri. Ular juda tartibli va balans futbol namoyish etishmoqda. Biz so‘nggi bir hafta davomida imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Endi esa yigitlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va motivatsiya berishimiz kerak. Katta o‘yin va katta jang. Biz o‘zimizning imkoniyatimizga ishonamiz. Bor kuchimiz bilan kurashamiz", - deya fikr bildirdi Kosmin Olariu ertangi bahs oldidan.

"Oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. Hozir bizda Kosmin Olariu kabi tajribali murabbiy bor. Ushbu inson 10 yildan buyon BAAda ishlab kelmoqda. Ertaga muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun borimizni beramiz", - dedi Xolid Eysa.

- BAA terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi birinchi matbuot anjumaningiz. Tayyorgarlik qanday o‘tdi? Umumiy kutilmalar qanday?
- Jamoada bosh murabbiy almashganida ko‘p narsa o‘zgarishi aniq. Men terma jamoadagi futbolchilarni ko‘p yillardan beri taniyman. Bunday qisqa vaqt ichida katta o‘zgarishlar qilish qiyin. So‘nggi bir hafta davomida biz tayyorgarlik olib bordik. Futbolchilarda ishtiyoq juda yuqori, ayrim vaziyatlarda men ularga tinchlanish kerakligi haqida ham aytdim. Bu yaxshi xislat deb o‘ylayman.

- O‘zbekiston bilan o‘yindan nimalarni kutmoqdasiz?

Xolid Eysa:- Ochig‘ini aytsam, biz Kosmin Olariu bilan ishlashdan xursandmiz. U juda tajribali va katta nomga ega inson. Men 15 yildan beri terma jamoa sharafini himioya qilayapman va klublarda o‘ynab kelmoqdaman. U kuchli ruhiyatga ega. Bunday xislatlarga ega murabbiyni ko‘rmaganman. Olariu kabi qisqa vaqt ichida kerakli natijaga erisha oladigan murabbiy deyarli yo‘q. Olariu qo‘l ostida muvaffaqiyatga erishamiz degan umiddaman.

- BAA bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki uchrashuvingiz yaqin. BAA 35 yildan so‘ng yana mundialga qaytmoqchi. Hozirgi holat haqida nimalar deya olasiz? Jamoa ikki qismli tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdi...
- Tilaklar uchun rahmat. Bir narsani tushuning, men o‘zim jamoamning kichik bir qismiman, xolos. Men o‘zimdagi bor imkoniyatni ishga solishim kerak, sababi jamoadagi futbolchilarning maqsadi bor. Agar ushbu tarkib mundialga chiqsa, faoliyatida ham katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Muxlislar ham buni kutishmoqda. Biz oson bo‘lmasligini bilamiz. Hozir O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri. Men faoliyatim davomida bizdan kuchliroq bo‘lgan jamoalarga qarshi ko‘p marotaba to‘qnash kelganman.

- Muxlislar terma jamoaga juda ishonishmoqda. Ularga nimalar deya olasiz?
- Biz mundialga chiqishga har qachongidan yaqinmiz deb o‘ylayman. Hozir butun millat bunga ishonmoqda. Biz o‘z yurishimizda davom etishimiz kerak, xolos. Juda ko‘plab uchrashuvlarda biz raqibdan yaxshiroq bo‘lgan edik, ammo natija har doim ham biz kutgandek bo‘lmagandi. Biz barchamiz Jahon chempionatiga chiqishni xoxlaymiz. Bu bizning orzuimiz. Orzumizga erishish uchun navbatdagi besh kunda birlashishimiz kerak.

- Sizning avvalgi jamoangiz "Sharja" edi. Endi aksariyat futbolchilar shu jamoadan jalb etiladimi?
- Qaysi futbolchi? Men uchun "Sharja" yoki "Al Ayn" yoki boshqa bir jamoadan, umuman farqi yo‘q. "Sharja"dagi futbolchilar so‘nggi mavsumlarda mening qo‘lim ostida o‘ynashgan, ammo bu terma jamoa. Terma jamoaga loyiq va munosib futbolchilar asosiy tarkibdan joy olishadi. "Sharja"dagi futbolchilar esa mening ko‘rsatmalarimni yaxshiroq tushunishadi. Farqi shunda, xolos. Men BAAdagi eng yaxshi futbolchilarni yig‘ishim kerak, ular qaysi jamoadan kelishining farqi yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kosmin Olariu ertangi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?