date
views 7 613

Katanes: O‘zbekistonni mundialga yo‘l olgani bilan chin dildan tabriklayman!

Katanes: O‘zbekistonni mundialga yo‘l olgani bilan chin dildan tabriklayman!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes yurtimiz futbol jamoasi uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan — Jahon chempionati–2026 final bosqichiga yo‘l olingani munosabati bilan o‘z taassurotlari va samimiy tilaklari bilan bo‘lishdi.

Qisqa, lekin samimiy bayonot orqali Katanes o‘z munosabatini shunday ifoda etdi:

“Men ko‘p gapirmayman. Barchangizni tabriklayman. Bu yutuq barchamizniki — futbolchilar, murabbiylar, jamoa xodimlari, rahbariyat va eng muhimi, termani uzluksiz qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarniki!”, — dedi Katanes.

Katta yutuqning katta hissasi

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes 2021–2023 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan va uning qo‘li ostida jamoa bir qator muhim taktik jihatdan yetishgan, kuchli raqiblarga qarshi mustahkam tartibli o‘yin namoyon qilgan edi.

Uning boshchiligida jamoa yangilanish jarayonini boshdan kechirib, muhim asosiy futbolchilar shakllandi. Katanetsning mehnati bugungi muvaffaqiyatlar zaminida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilgani shubhasiz.

Murabbiylar keladi va ketadi, ammo ularning mehnati, strategiyasi va jamoaga singdirgan ruhi tarixda iz qoldiradi. Srechko Katanetsning ham O‘zbekiston futbol tarixi uchun tutgan o‘rni — ehtiromga loyiq.

O‘zbekiston Jahon chempionati sari yo‘l oldi. Bu g‘alabada o‘tmishda mehnat qilgan har bir insonning hissasi bor. Rahmat, Katanes!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Katanes: O‘zbekistonni mundialga yo‘l olgani bilan chin dildan tabriklayman!