
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixi davomida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqib, millionlab muxlislarning ko‘p yillik orzusini amalga oshirdi. Bu quvonchli voqea jahon chempionati–2026 saralash bosqichining hal qiluvchi uchrashuvida, Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi safar o‘yinida ro‘y berdi.
Uchrashuv oldidan turnir jadvalida o‘zbekistonlik futbolchilar BAA termasidan to‘rt ochko oldinda edi. Shu bois, O‘zbekiston uchun durang natija ham katta musobaqaga chiqish uchun yetarli bo‘lardi. Ammo BAA termasiga faqat g‘alaba zarur edi. Shu jihatdan ham bu o‘yin o‘ta keskin va murakkab kechishi oldindan ma’lum bo‘lib turgandi.
Bellashuvning ilk daqiqalaridanoq maydon egalari g‘alaba qozonishga qattiq kirishishdi. Ular ilk daqiqalardayoq bir necha xavfli vaziyatlarni yaratdilar. Shunday qiyin damlarda O‘zbekiston termasining ishonchli darvozaboni O‘tkir Yusupov jamoa qahramoni sifatida maydonga chiqib, darvozasi daxlsizligini bir necha bor saqlab qoldi. Yusupov bu o‘yinda raqibning kamida uchta aniq golga tortadigan zarbasini qaytarib, hamkasblari va millionlab muxlislarning hurmatini qozondi.
Milliy termamiz sardori va hujum chizig‘ining asosiy tayanchi Eldor Shomurodov ham ushbu o‘yinda katta bosim ostida harakat qildi. Italiyaning nufuzli A Seriyasida «Roma» klubi sharafini himoya qilayotgan Shomurodov, butun o‘yin davomida jiddiy kurash olib bordi. Ammo bu safar uning o‘ziga xos hujumlari gol bilan yakun topmadi. Shunga qaramay, uning har bir harakati, har bir kurashga kirishishi jamoa uchun juda muhim ruhiy yordam bo‘ldi.
O‘yinning yakuniy natijasi – 0:0 durang. Lekin aynan shu durang O‘zbekistonning katta futbol tarixidagi eng muhim voqeaga aylandi. Bu natija terma jamoamizga o‘z tarixida ilk marta jahon chempionatiga yo‘llanma olib berdi.
Bu tarixiy muvaffaqiyat nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, Italiyaning nufuzli sport nashri Vocegiallorossa.it eksperti Gabriele Konti, Eldor Shomurodovning jamoasini qutlar ekan, u bu o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, jamoa sardori sifatida muhim natijani qo‘lga kiritganini qayd etdi.
"Birlashgan Arab Amirliklari maydonida mezbonlarga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Eldor Shomurodov o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Lekin O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori sifatida jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni uddaladi.
“Roma” hujumchisi arablarga qarshi to‘liq o‘ynadi, biroq darvozani ishg‘ol qilgani yo‘q. Biroq golsiz durang o‘zbekistonliklarni mamlakat tarixida ilk bor keyingi yil yozda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqishiga kifoya qildi."
“Roma” hujumchisi arablarga qarshi to‘liq o‘ynadi, biroq darvozani ishg‘ol qilgani yo‘q. Biroq golsiz durang o‘zbekistonliklarni mamlakat tarixida ilk bor keyingi yil yozda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqishiga kifoya qildi."
Yana bir italiyalik manba – Laroma24.it sayti ham O‘zbekiston termasining mundialga chiqishini katta voqea sifatida ta’riflab, “Roma” klubining hujumchisi Eldor Shomurodov bu tarixiy lahzaga katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.
"O‘zbekiston 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Eldor Shomurodovning jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari maydonida mezbonlar bilan durang o‘ynadi – 0:0.
“Roma” hujumchisi uchrashuv davomida to‘liq harakat qildi va terma jamoasining mundialga chiqishiga katta hissa qo‘shdi."
“Roma” hujumchisi uchrashuv davomida to‘liq harakat qildi va terma jamoasining mundialga chiqishiga katta hissa qo‘shdi."
Polshalik futbol eksperti Kshishtof Sobchak ham bu voqeaga o‘z munosabatini bildirib, O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatidagi ilk ishtirokini qutladi. U O‘zbekiston futbolchilarining safarda juda qiyin o‘yin o‘tkazganini va natijada uzoq yillik orzuni amalga oshirganini yozdi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionatida debyut qiladi. Eldor Shomurodov va uning jamoadoshlari Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilari bilan durang o‘ynab, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘ladigan mundialga yo‘llanmani naqd qildi.
Guruhdagi vaziyat aniq edi. Mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichi yaqkunlanishiga ikki tur qolganida o‘zbeklarga eng yaqin ta’qibchi – BAA bilan to‘rt ochkolik farqni saqlab qolish uchun safar uchrashuida kamida durang natija ham kifoya qilardi. O‘zbeklar buni uddaladi.
Uchrashuvda gol bo‘lmadi, biroq O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqqanini bayram qilishi mumkin."
Guruhdagi vaziyat aniq edi. Mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichi yaqkunlanishiga ikki tur qolganida o‘zbeklarga eng yaqin ta’qibchi – BAA bilan to‘rt ochkolik farqni saqlab qolish uchun safar uchrashuida kamida durang natija ham kifoya qilardi. O‘zbeklar buni uddaladi.
Uchrashuvda gol bo‘lmadi, biroq O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqqanini bayram qilishi mumkin."
O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun saralash bosqichi rasman yakunlanmagan bo‘lsa ham, jamoa keyingi bosqichga muddatidan oldin chiqib bo‘ldi. Endi saralash bosqichining so‘nggi o‘yini 10 iyun kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida Qatar terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yin O‘zbekiston uchun katta bayramga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston termasining jahon chempionatiga chiqishi, shubhasiz, mamlakat futboli tarixida yorqin sahifa bo‘lib qoladi. Bu g‘alaba mamlakatimizda futbolning yanada rivojlanishiga, yosh futbolchilarning orzularini amalga oshirishga katta turtki bo‘lishi aniq. Jahon chempionatidagi ishtirok esa, jamoamiz uchun nafaqat yangi tajriba, balki O‘zbekiston futbolining dunyo sahnasida tan olinishi uchun muhim qadamdir.
Endi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish uchun tayyorgarlik boshlanadi. Millionlab muxlislar bu tarixiy voqeani bayram qilmoqda va mundialdagi ishtirokni orziqib kutishmoqda. Biz esa bu tarixiy kunning ko‘plab yangi g‘alabalarga eshik ochishiga umid bildiramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar