Guttsayt: Ispaniya – Fransiya o‘yini – ajoyib yarim final

Guttsayt: Ispaniya – Fransiya o‘yini – ajoyib yarim final
Rossiyalik sharhlovchi Roman Guttsayt Millatlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan Ispaniya – Fransiya o‘yini (5:4) haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb euro-football.ru xabar berdi.

«Ajoyib yarim final. Bu kelajak futboli deyish mumkin. Har kuni birga mashq qilmaydigan, murabbiy futbolchilar bilan ko‘p vaqt o‘tkazmaydigan terma jamoa shunchalik yuqori darajadagi futbol o‘ynasa – bu fantastika», – dedi Guttsayt «Chempionat» nashriga bergan intervyusida.

Ispaniya finalda Portugaliya bilan 8-iyun kuni o‘ynaydi. Fransiya va Germaniya esa uchinchi o‘rin uchun bahs yuritadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar