
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy yutug‘i – 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmasi futbol jamiyatida jiddiy bahslarga va yuqori baholarga sabab bo‘lmoqda. Buyuk sport nashri — The Athletic bu jarayonda muhim rol o‘ynagan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori, belgiyalik mutaxassis Gay Kialaning fikrlariga alohida e’tibor qaratdi.
G‘alabaga ishonchsizlik — eng katta to‘siq edi
Gay Kiala o‘z intervyusida aytib o‘tdiki, avvalo futbolchilar va murabbiylar ongidagi “biz hali yetarli emasmiz” degan illatni yo‘qotishga to‘g‘ri keldi. Ilgarigi o‘yinlarda haddan tashqari ehtiyotkor va himoyaviy uslub asos qilingan, raqib kuchliroq, deb hisoblangan. Endi esa bunday tushuncha tugal topdi.
“Biz har bir maydonga faqat g‘alaba uchun chiqyapmiz. Endi yigitlarda shunday shior bor: 'G‘alabaga bo‘lgan intilish yutqazib qo‘yishdan ko‘ra kuchliroq bo‘lishi shart!'”
Taktik yondashuv, hujumkor ruh va o‘ziga ishonch
Bugungi terma jamoa endi faqat himoyaga emas, hujumga ham jiddiy e’tibor qaratadigan, raqibni maydonda bosim ostida qoldira oladigan uyushqoq va dinamik tarkibga aylangan. Bu muvaffaqiyatning poydevori esa – aniq strategiya va ishonch bilan qurilgan tizimdir.
O‘zbekistonda potensial ulkan — Yevropa endi bundan ko‘z yumaydi
Gay Kiala O‘zbekistonni “eng kam o‘rganilgan boy futbol bozori” deb atadi. Chunki shu paytgacha Yevropa skautlari Afrika, Janubiy Amerika yoki Yaponiya singari mamlakatlarga katta e’tibor qaratib, O‘zbekistondagi iqtidorlarni ko‘zdan qochirib yurishgan.
Ammo endi vaziyat tubdan o‘zgarmoqda. Hususan, Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi, yoshlar termalaridagi muntazam muvaffaqiyatlar Yevropa klublarining e’tiborini jalb qila boshladi.
Jahon chempionatiga yo‘l – 30 yillik orzining ro‘yobi
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishganidan so‘ng futbol sohasida uzoq va sinalgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bir necha bor saralash bosqichlarida omad yetishmagan bo‘lsa-da, bugungi natija ko‘p yillik mehnat, tizimli islohotlar va kuchli irodaning samarasidir.
Jahon chempionatida qatnashish – nafaqat futbolchilar, balki butun xalq uchun faxrli voqea. Milliy terma jamoa endi nafaqat Osiyoda, balki global miqyosda ham o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar