date
views 112

Riberi Ronalduga keskin javob qaytardi: "Oltin to‘p" uchun Chempionlar ligasi shartmi?

Riberi Ronalduga keskin javob qaytardi: "Oltin to‘p" uchun Chempionlar ligasi shartmi?
Jahon futbolidagi eng nufuzli individual sovrinlardan biri sanalgan “Oltin to‘p” haqidagi bahslar yana avj oldi. Bu safar bahsning asosiy qatnashchilari mashhur futbol yulduzlari Frank Riberi va Krishtianu Ronaldu bo‘ldi.

Portugaliyalik futbol yulduzi, “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida “Oltin to‘p” sohibi bo‘lish uchun Yevropa Chempionlar ligasida o‘zini ko‘rsatish va aynan shu turnirda g‘alaba qozonish shart ekanini ta’kidlagan edi. Bu bayonot ko‘plab futbol ishqibozlari va ekspertlar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Krishtianu Ronalduning ushbu gapiga nisbatan o‘ziga xos javob fransiyalik mashhur futbolchi Frank Riberidan keldi. Riberi ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida kulgili emodzilar bilan birga qisqa, ammo keskin bir savolni qoldirdi: «Nima, "Oltin to‘p"ni olish uchun Chempionlar ligasida g‘olib chiqish shartmi?»

Riberining ushbu savoli bekordan-bekor emasligi ma’lum. Fransiya terma jamoasi va «Bavariya»ning sobiq yulduzi 2013 yilda “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlardan biri edi. O‘sha mavsumda u ajoyib natijalarni qayd etib, «Bavariya» klubi bilan Chempionlar ligasi, Germaniya chempionati, Germaniya kubogi va mamlakat Superkubogida zafar quchgan edi. Biroq, shu qadar salmoqli yutuqlarga qaramasdan, yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini unga emas, balki Krishtianu Ronalduga topshirilgandi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Riberi Lionel Messidan ham ortda qolib, uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Shu munosabat bilan Riberi o‘tmishda bo‘lib o‘tgan ushbu voqeani yodga olib, Ronalduning "Oltin to‘p" haqidagi qarashini kulgili holatda savol ostiga oldi. Fransiyalik futbolchi bu masalada nafaqat sovrinlarning miqdori, balki boshqa ko‘plab jihatlar ham inobatga olinishi kerakligiga e’tibor qaratmoqchi bo‘ldi.

Krishtianu Ronalduning o‘z bayonotida Chempionlar ligasidagi natijalarni eng muhim mezon sifatida ko‘rsatishi ko‘pchilikda turlicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu fikr to‘liq to‘g‘ri emas, chunki futbolchi individual sovrin olishi uchun nafaqat jamoaviy yutuqlar, balki shaxsiy ko‘rsatkichlar, doimiy barqarorlik va o‘yinning umumiy sifati ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Aytish lozimki, Riberining ushbu keskin izohi ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi va muxlislar orasida ham ikki xil qarash paydo bo‘ldi. Ko‘plab futbol muxlislari fransiyalik yulduzning so‘zlariga qo‘shilishsa-da, ayrimlar Ronalduning bayonotini ham to‘g‘ri deb topishmoqda.

Frank Riberi faoliyati davomida futbol olamidagi eng iqtidorli futbolchilardan biri sifatida tanilgan va «Bavariya» klubi bilan ko‘plab sovrinlarga erishgan. Uning texnik qobiliyati, dribling mahorati va tezkorligi futbol muxlislarini hamisha hayratga solgan. Biroq, o‘sha 2013 yilgi "Oltin to‘p" natijalari uning futbolchilik karyerasidagi eng katta afsuslardan biri bo‘lib qolgani sir emas.

Hozirgi paytda Riberining ushbu javobi Ronalduning fikriga qarshi jiddiy pozitsiya sifatida qabul qilinmoqda. Bu esa futbol ishqibozlari orasidagi bahs-munozaralarni yanada qizg‘inlashtirdi.

Qanday bo‘lmasin, "Oltin to‘p" kabi nufuzli mukofotlarda g‘oliblarning aniqlash jarayoni doimiy bahslarga sabab bo‘lib kelgan. Riberi va Ronaldu o‘rtasidagi ushbu bahs ham futbolning faqat maydonda emas, balki undan tashqarida ham qiziqarli ekanini isbotlamoqda. Muxlislar esa bunday munozaralarni diqqat bilan kuzatishda davom etishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Riberi Ronalduga keskin javob qaytardi: "Oltin to‘p" uchun Chempionlar ligasi shartmi?