
Futbol ishqibozlari katta hayajon bilan kutgan 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga sanoqli kunlar qolmoqda. AQSH mezbonlik qiladigan mazkur yirik musobaqa 14 iyundan 13 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning eng kuchli 32 ta jamoasi g‘oliblik uchun maydonga tushadi.
E’tiborlisi shundaki, futbol bo‘yicha statistika va modellashtirishda peshqadam sanalgan Opta superkompyuteri 10 000 ta ehtimoliy ssenariyni tahlil qilib chiqdi va chempion bo‘lishi ehtimol yuqori bo‘lgan jamoalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Natijalarga ko‘ra, Fransiyaning PSJ klubi 18,5 foiz ehtimol bilan chempionlikka erishishi mumkin. Bu ko‘rsatkich turnirda ishtirok etuvchi barcha jamoalar orasida eng yuqori natija hisoblanadi. Parijliklar jahon miqyosida yana bir marta o‘z nufuzini isbotlashni maqsad qilgan.
Top-10 favorit klublar reytingini e’lon qilindi:
1. PSJ (Fransiya) — 18,5%
2. Manchester Siti (Angliya) — 17,8%
3. Bavariya Myunxen (Germaniya) — 12,8%
4. Inter (Italiya) — 12,3%
5. Real Madrid (Ispaniya) — 9,8%
6. Chelsi (Angliya) — 8,4%
7. Borussiya Dortmund (Germaniya) — 5,4%
8. Atletiko Madrid (Ispaniya) — 5,1%
9. Yuventus (Italiya) — 3,6%
10. Benfika (Portugaliya) — 3,3%
Opta'ning tahlili nafaqat klublar salohiyati, balki ularning so‘nggi yillardagi statistik ko‘rsatkichlari va xalqaro maydondagi faoliyatiga asoslangan holda tuzilgan. Bu esa futbol muxlislari va sport tahlilchilari uchun juda muhim ko‘rsatkichdir.
Turnirda yangi tarix yoziladimi?
PSJ hozircha Yevropa chempionlar ligasida yuta olmagan bo‘lsa-da, ushbu musobaqada asosiy da’vogar sifatida ko‘rilyapti. Ehtimol, bu ular uchun yangi tarix yaratish imkoni bo‘lar. Shu bilan birga, “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Real” kabi klublar ham osonlikcha taslim bo‘lmasligi aniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar