date
views 100

Gattuzo Italiya termasini boshqarishi mumkin — Spalletti ketdi

Gattuzo Italiya termasini boshqarishi mumkin — Spalletti ketdi
Italiya futbolida yangi davr boshlanishi mumkin. “Xayduk” klubi bilan shartnomasini yakunlagan sobiq afsonaviy futbolchi va hozirgi murabbiy Jennaro Gattuzo Italiya milliy terma jamoasini boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

47 yoshli mutaxassis aynan terma jamoaning yetakchisi sifatida futbolga qaytishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya futbol federatsiyasi Gattuzoni bosh murabbiylik lavozimi uchun birinchi raqamli nomzod sifatida belgilab bo‘lgan.

Gattuzodan tashqari murabbiylik uchun yana ikki mashhur nom orada yuribdi — Daniele De Rossi va Fabio Kannavarro. Ammo federatsiya rahbariyati aynan Gattuzoni tanlash tarafdori bo‘layotgani aytilmoqda. Sababi — uning jangchi xarakteri va futbolchilarga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati yuqori baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichining ilk o‘yinida mag‘lubiyatga uchragan edi. Bu natija ortidan amaldagi murabbiy Luchano Spalletti o‘z lavozimini tark etishini rasman e’lon qildi.

Gattuzo murabbiy sifatida avval “Milan”, “Napoli”, “Valensiya” va “Marsel” kabi klublarda faoliyat yuritgan. Uning rahbarligida jamoalar jangovor, intizomli va ruhan barqaror o‘yin ko‘rsatishi bilan tanilgan.

Agar federatsiya qarorni rasman e’lon qilsa, Italiya terma jamoasi yangi jahon chempionati saralash bosqichini yangi ruhda, yangi yetakchi ostida boshlaydi. Bu esa, yangi tarix uchun yo‘l ochishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gattuzo Italiya termasini boshqarishi mumkin — Spalletti ketdi