
Futbol olamidagi eng tajribali mutaxassislardan biri — Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyi Dide Deshamga yangi va g‘ayrioddiy taklif paydo bo‘ldi. Saudiya Arabistonining suveren boylik jamg‘armasi — PIF (Public Investment Fund) fransiyalik mutaxassisga Jahon chempionati-2026dan keyin mahalliy klublarning biriga rahbarlik qilishni taklif etdi. Bu haqda mashhur sport jurnalisti Sacha Tavoliyeri ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, PIF vakillari Dide Deshamni Saudiya Arabistonining yetakchi klublaridan biriga bosh murabbiy etib ko‘rishni istashmoqda. Fransiya futbolining afsonasi hisoblangan Desham bu qiziqishni xush qabul qilgan, ammo ayni paytda barcha e’tiborini terma jamoa bilan JCH-2026ga tayyorgarlikka qaratganini bildirgan.
Desham 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda va 2018 yilda Fransiya bilan jahon chempionilik unvonini qo‘lga kiritgan. Uning mamlakat futbol federatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgi mundial tugaguniga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni PIF jamg‘armasi so‘nggi yillarda Yevropaning va jahonning mashhur futbol mutaxassislari va yulduzlarini mamlakat chempionatiga jalb etishda faol harakat qilmoqda. Deshamga qilingan taklif ham shu strategiyaning bir qismi ekanligi aytiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar