date
views 273

Igor Sergeyev: Tajriba va ishonch har bir golning asosi bo‘ldi

Igor Sergeyev: Tajriba va ishonch har bir golning asosi bo‘ldi
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Paxtakor” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar jamoasining hujumchi-snayperi Igor Sergeyev jurnalistlar bilan suhbatda o‘ziga xos fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu intervyuda futbolchi uchrashuvdagi o‘yin sifati, xorijiy tajribalari va gol urish mahorati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

— O‘yin haqidagi umumiy taassurotlar bilan bo‘lishsangiz? — degan savolga Sergeyev to‘g‘risini aytib, jamoa bugun maydonda yaxshi harakat qilgani, bir qator imkoniyatlar yaratilgani, lekin ulardan unumli foydalanishda muammo borligini ta’kidladi. “Gollar kam bo‘ldi, lekin barcha yigitlar murabbiy ko‘rsatmalarini bajarish uchun astoydil harakat qilishdi. Asosiy vazifalarni bajardik, faqat yanada ko‘proq gol urishimiz kerak edi”, dedi hujumchi.

Yana bir muhim mavzulardan biri — Igor Sergeyevning xorijda o‘tgan yillari va bu tajribaning unga qanday ta’sir qilgani haqida bo‘ldi. “Albatta, yaxshi yoki yomon bo‘lsin, chet eldagi har bir mavsum inson sifatida ham, futbolchi sifatida ham rivojlanishga xizmat qiladi. Chet el futboli muhiti, yangi jamoalar, boshqa o‘yin uslublari — bularning barchasi insonni o‘sishiga turtki beradi. Menga bu jarayon juda katta foyda berdi”, — dedi Sergeyev.

So‘nggi paytlardagi uchrashuvlarda bosh bilan urayotgan gollar haqida so‘ralganda, u yumor bilan javob qaytardi: “(Kulib) Xudoga shukur, gol uryapman. Muxim tomoni — to‘p darvozaga kirsa, uni bosh bilanmi, oyoq bilanmi yoki ko‘krak bilan urganim ahamiyatsiz. Asosiysi — jamoaga foyda keltirish, gol urish”.

Tajribali hujumchi Zinedin Zidanga nisbatan qiyoslashlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, dunyo futbolida bosh bilan gol urish bo‘yicha eng mashhur namunalar bor, lekin asosiysi — maydonda doimo o‘z o‘yiningni ko‘rsatish va vaziyatdan unumli foydalanishdir.

Igor Sergeyevning bu so‘zlari orqali yosh futbolchilar va muxlislar bir narsani yana bir bor angladi: professionallik va mehnat — muvaffaqiyatning eng asosiy garovidir. Har qanday gol ortida tajriba, ishonch va katta mehnat yotadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeyev: Tajriba va ishonch har bir golning asosi bo‘ldi