
Yevropa futbolida yana katta yangilik: mashhur murabbiy va “Milan”ning sobiq yulduzi Jennaro Gattuzo rasman Italiya milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimini qabul qildi. Italyan futbolidagi shuhrat va jangovar ruh bilan nom qozongan Gattuzo endi asosiy e’tiborni milliy jamoani qayta tiklash va yangi yutuqlarga yetaklashga qaratadi.
Gattuzo bu tayinlovga dunyo futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, tajribali va ishtiyoqli mutaxassis sifatida keldi. Uning murabbiylik yo‘lida “Milan” (bosh murabbiy va yordamchi), “Napoli”, “Valensiya”, “Marsel”, OFI, “Palermo”, “Piza” va “Son” kabi klublar bor. Italiyalik mutaxassis so‘nggi mavsumni Xorvatiyaning “Xayduk” jamoasida o‘tkazib, bir mavsumdan so‘ng murabbiylikni tark etgan edi.
Jennaro Gattuzo futbolchilik faoliyati davomida ham Italiya terma jamoasi safida katta muvaffaqiyatlarga erishgan, 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan futbolchi sifatida italiyalik muxlislar xotirasida alohida o‘ringa ega. Endi u milliy jamoaning bosh murabbiyi sifatida, yangi ruh va strategik yondashuv bilan yangi tarix yaratishni maqsad qilmoqda.
Italiya terma jamoasidagi yangi davrdan katta umidlar bog‘lanmoqda. Gattuzoning murabbiylik uslubi — qat’iyat, intizom, jamoaviylik va kurashchanlik, aynan shular terma jamoada ham o‘z aksini topishi kutilmoqda.
Italyan futboli muxlislari endi Jennaro Gattuzo yetakchiligidagi yangi tarkib va yangi strategiya bilan katta musobaqalarda qaysi natijalar qayd etilishini qiziqish bilan kuzatmoqda. Yangi bosh murabbiyga esa g‘alaba va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar