date

Tantashev Messili “Inter Mayami” o‘yinida hakamlar safida bo‘ladi

Tantashev Messili “Inter Mayami” o‘yinida hakamlar safida bo‘ladi
Futbol muxlislari katta qiziqish bilan kutgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 14-iyun kuni AQSHda start oldi. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ham ishtirok etayotgani yurtimiz futboli uchun muhim voqea bo‘ldi.

Mazkur turnirning ikkinchi turidan o‘rin olgan "Inter Mayami" – "Portu" bahsida o‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev zaxira hakami sifatida tayinlandi. Bu haqda FIFA rasmiy portali orqali ma’lum qilindi.

Uchrashuvni Chililik hakamlar triosi — Kristian Garay, Migel Rocha va Xose Retamal boshqaradi. Ularga zaxira hakami sifatida Ilgiz Tantashev yordam beradi.

Messining jamoasi hisoblangan “Inter Mayami”ning har bir o‘yini katta qiziqish bilan kuzatilayotganini inobatga olsak, bunday uchrashuvda hakamlik qilish Tantashev uchun ham sharaf, ham mas’uliyatli vazifa hisoblanadi.

Avvalroq, Tantashev va uning yordamchilari turli xalqaro musobaqalarda o‘zlarini yaxshi tomondan namoyon etgan, adolatli va professional hakam sifatida e’tirof etilgan edi. Uning bu galgi tayinlovi ham yurtimiz futbol hakamchiligiga bo‘lgan ishonchdan dalolatdir.

Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati joriy yilning 13 iyuliga qadar davom etadi va unda dunyoning eng kuchli jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tantashev Messili “Inter Mayami” o‘yinida hakamlar safida bo‘ladi