date

Gvardiola “Vidad”ga qarshi o‘yinda yoshlarga ishonch bildirdi

Gvardiola “Vidad”ga qarshi o‘yinda yoshlarga ishonch bildirdi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Manchester Siti” o‘z yurishini boshladi. Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa birinchi turda Marokashning “Vidad” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv arafasida “shaharliklar”ning asosiy tarkibi e’lon qilindi.

Ajablanarlisi shundaki, bugungi uchrashuvda Gvardiola an’anaviy yulduzlardan ko‘ra, yoshlar va yangi qo‘shilgan futbolchilarga katta ishonch bildirdi. “Siti” tarkibi quyidagicha shakllangan:

Asosiy tarkib:
Darvozabon: Ederson (sardor)
Himoyachilar: Lyuis, Reys, Ake
Yarimhimoyachilar: O'Reylli, Reynders, Foden
Hujumkor o‘yinchilar: Cherki, Savino, Doku, Marmush

Serxio Gomes, Gyundogan, Rodri, Gvardiol, Xoland, Bernardu Silva, Nunes, Xusanov kabi yetakchilar esa zaxirada qolgan. Ayniqsa, o‘zbekistonlik yosh himoyachi Abduqodir Xusanovning bugungi bahsda zaxirada ekani muxlislarni qiziqtirmasdan qolmadi.

Ushbu tarkibdan ko‘rinib turibdiki, Pep jamoasining ichki raqobatini saqlash hamda yoshlarga amaliyot berish maqsadida bugun tajribaga boy tarkib bilan maydonga tushadi. Xususan, Edersonning sardor sifatida yetakchilik qilishi, Marmush va Savino kabi nomdor bo‘lmagan, ammo iqtidorli futbolchilarning asosiy tarkibdan o‘rin olgani jamoa katta maqsadlar sari intilyayotganidan dalolat beradi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhdagi ikkinchi uchrashuv “Al-Ayn” hamda “Yuventus” o‘rtasida kechadi. Ushbu bahs 19 iyun kuni ertalab soat 06:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Futbol muxlislari uchun bu kecha nafaqat jahon chempionatidagi muhim bosqich, balki “Manchester Siti” tarkibidagi istiqbolli yoshlarning sinov kechasiga aylanishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola “Vidad”ga qarshi o‘yinda yoshlarga ishonch bildirdi