date

Xolifild Alidan zo‘rman deydi: “Rekordlar gapirsin!”

Xolifild Alidan zo‘rman deydi: “Rekordlar gapirsin!”
Afsonaviy amerikalik bokschi, 62 yoshli Evander Xolifild o‘zini barcha davrlarning eng kuchli superog‘ir vazn bokschisi deb hisoblaydi. Uning fikricha, jamoatchilik uni yetarlicha e’tirof etmayapti va asossiz ravishda Muhammad Alini barchasidan ustun qo‘yayotganlar ko‘p.

“Men 24 yillik faoliyatim davomida to‘rt marta jahon chempioni bo‘ldim. Bu — mengacha hech kim qayd etmagan natija. Lekin shunga qaramay, hamon Muhammad Alini eng zo‘r deb tan olishadi. Aslida men uning natijalarini ortda qoldirdim”, — dedi Xolifild SecondsOut nashriga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, Usik kabi zamonaviy chempionlar aynan Xolifild qilgan yo‘ldan ketyapti — birinchi og‘ir vaznda mutlaq chempion bo‘lib, keyin superog‘ir vaznda g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda.

“Muhammad Ali — uch karra jahon chempioni. Men esa to‘rt karraman. Nima uchun men haqimda gapirilmayapti? Demak, men kuchliroqman!” — deya qo‘shimcha qildi u.

Xolifildning bu gaplari jamoatchilik va sport muhlislari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Afsonaviy Ali bilan solishtirish esa har doimgidek bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xolifild Alidan zo‘rman deydi: “Rekordlar gapirsin!”