date

"Navbahor" OKMK ustidan qanday qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

"Navbahor" OKMK ustidan qanday qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.

Qiziqarli va murorasiz kechgan bahsda "lochinlar"ning qo‘li baland keldi (3:0). Dastlab bellashuvning 6-daqiqasidayoq Alisher Odilovning super pasidan so‘ng Zabihullo O‘rinboyev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 35-daqiqaga kelib esa Gilerme Gedesh oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisi o‘tib borayotgan paytda Pedro gol urib, yirik hisob bo‘lishini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Navbahor" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, ochkolar sonini 23 taga yetkazib oldi va "Neftchi"ga yetib oldi. Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar esa 24 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" OKMK ustidan qanday qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)