
"Manchester Siti"da tarkibni tubdan yangilash va kuchaytirish jarayoni faol davom etmoqda. Jamoa yozgi transfer oynasida bir qator yangi futbolchilarni xarid qilib, o‘z safiga yangi qon qo‘shgan bo‘lsa-da, ayni paytda ba’zi tajribali va yosh futbolchilar bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
The Athletic nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Siti" rahbariyati kamida uch nafar futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida 35 yoshli Kayl Uoker, 29 yoshli yarim himoyachi Kelvin Fillips, 29 yoshli ijodkor vinger Jek Grilish va 22 yoshli iqtidorli Jeyms Makati bor.
Qayd etish joiz, Uoker va Fillips mavsumni boshqa jamoalarda ijarada o‘tkazib, bu yozda "Siti"ga qaytgan edi. Ammo jamoaning qayta qurilishi va raqobatning kuchayishi sabab, ularning kelajagi savol ostida qolmoqda. Jek Grilish esa so‘nggi mavsumlarda jarohatlar va formaga chiqishda qiyinchiliklarga duch kelgan edi. Yosh iqtidor Jeyms Makati uchun esa, yangi transferlar va rotatsiya siyosati fonida asosiy tarkibda joy olish murakkablashgan.
Bunday o‘zgarishlar jamoa muxlislari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Klub rahbariyati esa tarkibni zamonaviy va raqobatbardosh qilish, har bir pozitsiyada sifatli zaxira yaratish yo‘lida aniq qadamlar tashlamoqda.
Ayni paytda, "Manchester Siti" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi navbatdagi muhim uchrashuv — "Yuventus"ga qarshi bahsga qizg‘in tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Muxlislar jamoa safida yana qanday o‘zgarishlar bo‘lishini, kimlar jamoada qolib, kimlar yangi manzilga yo‘l olishini katta qiziqish bilan kuzatmoqda.
Zamin.uz tahririyati eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlarni o‘z vaqtida o‘quvchilarga yetkazishda davom etadi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar