date

O‘zbekiston ayollari Falastinga qarshi 4 ta gol bilan g‘alaba qildi

O‘zbekiston ayollari Falastinga qarshi 4 ta gol bilan g‘alaba qildi
Kecha Toshkentdagi “Bunyodkor“ stadionida ayollar futbolini sevuvchilar uchun kutilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Falastinga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va ushbu bellashuvni yirik — 4:0 hisobida o‘z foydasiga yakunladi.

Katrina Kulbite boshchiligidagi jamoa maydonda to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ushbu bellashuv Osiyo Kubogi saralash o‘yinlari oldidan muhim sinov vazifasini o‘tadi. Saralashdagi birinchi uchrashuv 29 iyun kuni Shri-Lankaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Nazorat o‘yinida o‘z gollari bilan terma jamoamizning ustunligini ta’minlagan futbolchilar:
1. Maftuna Shoyimova — 8-daqiqa,
2. Diyoraxon Xabibullayeva — 31-daqiqa,
3. Lyudmila Karachik — 40-daqiqa,
4. Nozimaxon Ergasheva — 45+1-daqiqa.

Terma jamoa murabbiylari va mutaxassislar bu g‘alabani jamoaning ruhiy tayyorgarligi va taktik yetukligi bilan bog‘lashmoqda. Ayni paytda, saralash bosqichigacha bo‘lgan qisqa fursatda jamoa o‘z kamchiliklarini bartaraf etish ustida ish olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston ayollari Falastinga qarshi 4 ta gol bilan g‘alaba qildi