
Yevropa transfer bozoridagi eng katta intrigalardan biri — Niko Uilyamsning kelajagi, ayniqsa “Barselona”ning unga nisbatan kuyib-pishgan harakatlari yana kutilmagan drama bilan yakunlandi, deb xabar berdi sport.es. Ko‘plab muxlislar va jurnalistlar bu yoz “Barsa” nihoyat orzusidagi qanot hujumchisini qo‘lga kiritadi, deya ishongan edi. Ammo voqealar butunlay boshqacha tus oldi.
O‘tgan yil yozida ham kataloniyaliklar Niko Uilyamsni olib kelishga bir qadam qolgandi. Biroq futbolchining o‘zi “Atletik”da qolishni afzal bildi va barcha transfer munozaralarini yopdi. Bu yil ham “Barselona” bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun bor kuchi bilan harakat qildi. E’tiborlisi, Niko Uilyams ham faqat “Barsa”ni tanlashini, boshqa top-klublar — “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, PSJ takliflarini qabul qilmasligini rasman ma’lum qilgan edi.
Madrid va Barselona matbuotida futbolchi bilan kelishuv haqida turli ma’lumotlar tarqaldi, ko‘plar bu transfer juda yaqin ekanini ta’kidladi. Biroq barcha taxminlarga qaramay, “Atletik”ning rasmiy bayonoti barchasini o‘zgartirib yubordi. Klub matbuot xizmati Niko Uilyams bilan yangi, o‘ziga xos tarixiy bitim imzolanganini e’lon qildi.
Niko Uilyamsning avvalgi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qilardi va unda 58 million yevro badal puli ko‘zda tutilgan edi. Yangi bitim esa 2035 yil 30 iyunigacha uzaytirildi — bu esa “Atletik” rahbariyati o‘z yetakchisini mutlaqo tarkibda saqlash niyatida ekanini ko‘rsatadi. Katta ehtimol bilan, Niko Uilyams “Atletik” tarixi va Bilbao jamoasining ramziga aylanadi.
Muxlislar uchun esa bu voqea — Yevropa transferlar bozoridagi yangi davr boshlanishining belgisi. Katta pullar, sovuq hisob-kitob emas, balki uy, sadoqat va jamoa ramzi ustuvorlik qilmoqda. “Barselona” esa o‘z orzusidagi yulduzni qo‘lga kiritolmadi. Bilbaoda esa yangi tarix boshlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar