
Qozog‘istonning poytaxti Astanada “World Boxing” tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli kubokda muhim pallaga kelindi — bugun final oldi janglar start oldi, deb xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Musobaqaning ushbu bosqichiga yurtimiz sharafini himoya qilayotgan to‘rt nafar ayol bokschi yetib kelgan. Ular o‘z vazn toifalaridagi eng kuchli raqiblariga qarshi hal qiluvchi bahsga chiqishadi.
-54 kg vazn toifasida Feruza Kazakova hindistonlik Sakshiga qarshi ringga ko‘tariladi.
-80 kg vaznda Sohiba Ro‘zmetova Avstraliyadan Eseta Flint bilan to‘qnash keladi.
-65 kg vaznda Navbahor Hamidova amerikalik Morelle Makkeynga qarshi kuch sinashadi.
-75 kg vaznda esa Aziza Zokirova norvegiyalik Sunniva Hofstad bilan final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Toshkent vaqti bilan 14:00 va 19:00 da boshlanadigan bahslarda barcha yurtdoshlarimiz g‘alaba uchun ringga chiqadi.
Musobaqaning ushbu final oldi bosqichi nafaqat sportchilarimiz uchun, balki barcha boks ishqibozlari uchun ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Muxlislar endi yurtimiz qizlaridan yangi zafarli natijalar kutib, ularga faol yordam va qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatmoqda.
Bu yirik musobaqadagi final oldi bahslar yurtimiz ayol bokschilari uchun muhim sinov va yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
Yakuniy natijalar va kelgusi final bahslari haqida barcha ma’lumotlar zamin.uz sahifasida tezkor yoritib boriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar