
Yevropa futbol bozori yana yangi transfer dramasiga guvoh bo‘lmoqda — Fransiyaning “PSJ” klubi va Portugaliya terma jamoasining iqtidorli yarim himoyachisi Vitinya Ispaniyaning “Real” klubi safini to‘ldirishi mumkinligi haqida “Fichajes” nashri xabar berdi.
Madrid klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso uni jamoaning markaziy o‘yin qurilishida Luka Modrichga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishni istayapti. Manbalarga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Vitinya uchun 100 million yevro va Eduardo Kamavingadan voz kechishga ham tayyor. Bu taklif Yevropa bozorida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.
Biroq, “PSJ” Vitinyani asosiy yetakchilaridan biri deb hisoblaydi va undan ayrilish niyatida emas. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi, bu esa muzokaralarni yanada murakkablashtiradi. Parijliklar murabbiylar shtabi uning klub uchun muhim ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda “PSJ” safida 56 o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urgan va 5 ta golli pas bergan. Uning universalligi va tezkor harakatlari Yevropa grandlari e’tiborini tortishi bejiz emas.
Mutaxassislar fikricha, Vitinyaning “Real”ga o‘tishi jamoaning o‘yin uslubini tubdan yangilashi mumkin. Biroq, bu transferning amalga oshishi yoki amalga oshmasligi — aynan kelasi haftalarda aniq bo‘ladi.
Zamin.uz futbol olamidagi eng so‘nggi va qiziqarli yangiliklarni tez va xolis yoritishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar