
Yevropa futbol bozorida yana bir yangi sensatsiya muhokama markaziga aylandi, deb xabar berdi "Scout in Eurasia" nashri. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovni Angliyaning mashhur klubi — “Manchester Yunayted” o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yunayted” skautlari 20 yoshli o‘zbek futbolchisining so‘nggi paytda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani va “Siti”dagi vaziyatini yaqindan o‘rganmoqda. Yaqinlashayotgan transfer oynasida klub Husanovni ijaraga olish bo‘yicha jiddiy muzokaralar boshlashi mumkin. Manchesterliklar o‘rtasidagi bu ehtimoliy o‘tish nafaqat muxlislar, balki Yevropa nashrlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Skautlardan biri: “Men Husanovni birinchi bo‘lib kashf qilganman. Markaziy Osiyo futbolchilari salohiyatiga ishonaman”, deya ta’kidlagan. Aslida Abduqodir “Siti” safida debyut qilgani bilan, so‘nggi uch oy ichida faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. Bu holat uning yangi jamoada o‘zini ko‘rsatishi uchun yangi imkoniyatlarga eshik ochishi mumkin.
“Manchester Yunayted” esa, Angliya futbolidagi eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan grandlardan biri: klub 13 marta APL, 13 marta Angliya kubogi va 3 marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuning uchun, Husanovning transferi yosh iqtidor uchun katta tramplinga aylanishi mumkin.
Muxlislar va ekspertlar endi Abduqodir Husanov kelajagini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda. Yangi mavsumda o‘zbek himoyachisini yangi jamoada ko‘rish orzusi endi yanada reallashishi mumkin.
Zamin.uz esa, transferlar, o‘zbek futbolchilari taqdiri va Yevropa futbol bozoridagi eng so‘nggi yangiliklar haqida tezkor va xolis ma’lumotlar yetkazishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar