
Qarshining “Nasaf” jamoasi mavsumning ikkinchi yarmida kuchliroq natijalarga erishish maqsadida tarkibda jiddiy yangilanishlar ustida ish olib bormoqda. Klubning texnik direktori Botir Qorayevning so‘zlariga qaraganda, ayni damda uchta muhim pozitsiyaga legioner futbolchilar jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Maxsus ravishda berilgan intervyuda Qorayev shunday deydi: “Biz hozirda tayanch yarim himoyachi, vinger va markaziy hujumchi pozitsiyasi uchun nomzodlarni ko‘rib chiqyapmiz. Asosiy diqqatni Braziliya va Yevropada faoliyat yuritayotgan, tajribaga ega, jamoamizga mos keladigan futbolchilarga qaratganmiz. Barchasi 1-2 kun ichida aniqlashadi”.
Uning ta’kidlashicha, bu transferlar “Nasaf”ning maydondagi o‘yin sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki ayni ushbu uch pozitsiyada barqarorlik yetishmayotgani so‘nggi bahslarda yaqqol sezildi.
Qorayev legionerlar ichida braziliyalik Ratino nomzodi haqidagi savolga ham oydinlik kiritdi: “Ha, bu futbolchiga qiziqqanimiz rost. Uning o‘yini bizga ma’qul kelgandi, ammo bu transfer amalga oshishi ehtimoli past. Qiymat va shartlar borasida kelishuvga yetib bormasligimiz mumkin”.
“Nasaf” so‘nggi yillarda ichki chempionatda yetakchi jamoalar qatoridagi o‘rnini saqlab qolish uchun nafaqat mahalliy yoshlarga, balki yuqori darajali legionerlarga ham ishonch bildirmoqda. Mavsumning ikkinchi yarmida kuchli raqobat fonida bunday transferlar klubning ambitsiyalarini namoyon etmoqda.
Tez orada quyidagi uch pozitsiya — tayanch yarim himoyachi, vinger va hujumchi — uchun kimlarning kelishi ma’lum bo‘ladi. Bu qarorlar nafaqat murabbiylar shtabi, balki klub ishqibozlari uchun ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qarshi jamoasidan muxlislar endilikda faqat kurashuvchan, sifatli va samarali o‘yin kutishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar